• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +25°C
Detail image

Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yoshlar uchun stipendiya dasturiga (Youth Fellowship Program) arizalar qabul qilinmoqda.

Unda butun dunyodan 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Dastur joriy yilda Marokashda o‘tkaziladi hamda tanlangan ishtirokchilar Jahon banki va XVJning yillik yig‘ilishida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi sayohat hamda tegishli xarajatlarni qoplaydi.

Unda ijtimoiy faol, tadbirkorlik qobiliyatiga ega, startaplarda ishtiroki, kontent yaratgan yoki mustaqil platformalarga hissa qo‘shayotgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, quyidagi talablar mavjud:

  • xalqaro tadqiqotlar, asosiy iqtisodiyot va rivojlanish masalalari, xususan, inklyuziv iqtisodiy o‘sish, raqamli iqtisodiyot yoki iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bilim va tajribaga ega bo‘lish;
  • xalqaro munosabatlar va rivojlanish, aloqa, iqtisod va tegishli sohalardan birini tamomlagan yoki hozirda talaba bo‘lgan;
  • yaxshi notiqlik va taqdimot ko‘nikmalariga ega;
  • XVJga a’zo davlat fuqarosi bo‘lish (O‘zbekiston bu ro‘yxatda bor);
  • hozirgi vaqtda davlat muassasalari bilan aloqasi yo‘q;
  • oldin dasturda ishtirok etmagan.

Arizalarni joriy yilning 30-iyunigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Niderlandiya tashkiloti biznes bo‘yicha amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар