• 10650.06
  • 12497.85
  • 146.08
weather Тошкент: +17.3°C
Detail image

2021-yil 21−22 avgust kunlari IT Park Strategik tashabbuslar Agentligi va BMTTD bilan birgalikda xalqaro finalda 5,5 million rubl sovrin jamgʻarmasiga ega World AI & Data Challenge tanlovi doirasida axborot texnologiyalari sohasidagi maʼlumotlar xakatonini oʻtkazadi.

Maʼlumotlar xakatoni sunʼiy idrok va maʼlumotlar boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqarishga qiziqqan har bir kishi uchun tashkil etilgan. Xakaton onlayn tarzda oʻtkaziladi, uning davomida eng yaxshi ishlanmalar xalqaro miqyosdagi finalga chiqish imkoniyatiga ega boʻladi, u yerda ular turli xil faoliyat sohalariga kiritilib, butun dunyoda takrorlanadi.

Ushbu xakatonda MDH davlatlari — Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Belorussiya, Moldova va Rossiya ishtirok etadi.

Tanlov uch bosqichdan iborat boʻladi, yaʼni:

  1. vazifalar tanlovi;
  2. yechimlar tanlovi;
  3. tatbiq qilish tanlovi.

Birinchi bosqichda ishtirokchi mamlakatlar vazifalarni topshirdilar, ular uchun xakaton ishtirokchilari (ishlab chiquvchilar) ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda yechimlar yaratishlari mumkin.

Ikkinchi bosqich doirasida ikki kunlik onlayn xakaton boʻlib oʻtadi, unda turli mintaqalar ishtirokchilari ijtimoiy muammolar yechimini ishlab chiqadilar.

Uchinchi bosqichda faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar amalga oshiriladi.

Roʻyxatdan oʻtish havolasi.

Muhim:

Agar qiziquvchilar data-xakatonda qatnashish imkoniga ega boʻlmasalar, unda siz oʻzingiz loyihaga qoʻshilishingiz va kerakli topshiriqlarni quyidagi havola orqali bajarishingiz mumkin.

Ўхшаш янгиликлар