• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 360 dan ortiq xizmatlar mavjud, ulardan masofadan turib ham foydalanish mumkin.

Mazkur portalda avtotransport boshqaruvi uchun ishonchnoma, yer uchastkasini xususiylashtirish, pensiya haqida ma’lumotnoma va subsidiyalar olish va boshqa xizmatlar amalga oshiriladi.

Biroq, ko‘pchilik bu xizmatlardan qanday foydalanishni bilmaydi yoki portalda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘ladi.

“Spot” Yagona portalda mavjud xizmatlardan qanday foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Dastlab, my.gov.uz saytida qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga pasport ma’lumotlari kerak bo‘ladi. Belgilangan joylarni to‘ldirilgach, “Keyingi” tugmasini bosish bilan shaxsiy ma’lumotlaringiz avtomatik ravishda yuklanadi.

Agar siz tizimga Mobil-ID orqali kirmoqchi bo‘lsangiz telefon raqamingizga Mobile-ID xizmati ulangan bo‘lishi zarur.

“Spot” Mobil-ID nimaligi va tizimdan qanday foydalanish mumkinligi haqida qo‘llanma taqdim etgandi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun joriy yildan boshlab BHMning 2%i (6000 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

Shaxsiy sahifangizni ochganingizdan keyin tizimda mavjud barcha xizmatlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Xizmatlarning ayrimlari pullik ayrimlari esa bepul amalga oshiriladi.

Qidiruv funksiyasi orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan xizmatni qidirib topishingiz mumkin.

Qo‘llanma bilan batafsil videoda tanishishingiz mumkin:

Ўхшаш янгиликлар