• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlariga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda, deya xabar bermoqda “Interfaks-Turizm” nashri.

Qayd etilishicha, iyun oyi boshida aviatashuvchi har hafta Samaradan Buxoro va Farg‘onaga parvozlarni tashkil qiladi.

Bu Samaradagi Kurumoch aeroporti jadvalidan kelib chiqqan holda ushbu shaharlarga birinchi to‘gridan-to‘gri reyslar bo‘ladi.

Samara-Buxoro reyslari 3-iyundan boshlab shanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonlama parvoz 2 soat 50 daqiqa davom etadi.

Samaradan uchish 12:44, Buxorodan — 17:55ga (har ikkala aeroport uchun ham mahalliy vaqt bilan) rejalashtirilgan.

“Utair” 7-iyundan boshlab har chorshanba kuni Samara-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilishni rejalashtirmoqda. Samaradan uchish 13:00 da, Fargo‘onadan 18:10 da rejalashtirilgan. Sayohat vaqti 3 soat 10 minutni tashkil qiladi.

“Utair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlar geografiyasini bosqichma-bosqich kengaytirmoqda.

Yanvar oyidan boshlab Rossiya kompaniyasi Samara-Samarqand qatnovlarini haftalik asosda amalga oshira boshladi.

Bundan tashqari, 22-yanvardan aviakompaniya Surgut va Farg‘ona o‘rtasida parvozlarni ham yo‘lga qo‘ydi.

Ўхшаш янгиликлар