• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +29°C
Detail image

Umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun MXIKlarning soddalashtirilgan ro‘yxati tuzildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, mazkur ro‘yxat katalogga 28-noyabrdan joylashtirilib, kodlar alohida sinflarga ajratilgan holda hamda quyidagi 3 ta asosiy guruhga bo‘linadi:

  • “Umumiy ovqatlanish taomnomasi” — 10202001;
  • “Umumiy ovqatlanish shaxobchalaridagi boshqa xizmatlar” — 10202002;
  • “Oziqlantirishni tashkil etish (keytering), umumiy ovqatlanish shaxobchalari va banket zallarida boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmatlari” — 10202003.

Bunda, umumiy ovqatlanish shaxobchalarida foydalanish uchun tavsiya etilgan kodlar soni 306 tadan 47 tagacha (bularning 26 tasi taomlar) qisqartirildi.

Yetkazib berish xizmati, bir martalik idishlar, bolalar o‘yin maydonchasi, xizmat ko‘rsatish va xonalarni bezatish kabilar alohida toifalarga ajratilgan.

Shuningdek, tasniflashning qabul qilingan usullariga ko‘ra, taomlar quyidagi toifalarga ajratildi:

  • Gazak (barcha turdagi);
  • Fast-fud (barcha turdagi);
  • Salatlar (barcha turdagi);
  • Sho‘rvalar (barcha turdagi);
  • Non va non mahsulotlari (barcha turdagi);
  • Asosiy taomlar (barcha turdagi);
  • Garnirlar, souslar va boshqa qo‘shimchalar — topinglar (barcha turdagi);
  • Desertlar (barcha turdagi);
  • Kompleks ovqatlanish ratsionlari (barcha turdagi);
  • Qahva, choy va boshqa alkogolsiz ichimliklar (raqamli markirovkalanmaydigan ichimliklar).

Joriy yilning 9-dekabrigacha amaldagi kodlar ro‘yxatidan foydalanish hamda ularni mazkur sanagacha taklif qilinayotgan kodlarga o‘zgartirish mumkin.

Nomlarning fiskal chekda to‘g‘ri aks ettirilishi uchun nazorat-kassa texnikasi funksiyasidagi “nom” grafasida umumiy ovqatlanish shaxobchasining taomnomasida ishlatiladigan nomlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Agar taqdim etilgan kodlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bo‘lsa havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ўхшаш янгиликлар