• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Ulug‘bek Ubaydullayevich Rozuqulov “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Gazeta.uz” nashriga ma’lum qilgan.

Ulug‘bek Rozuqulov 1969-yilda tug‘ilgan. M.Lomonosov nomidagi MDU bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi.

U shu paytgacha 2018-yildan O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi, 2019-yilning oktabr oyidan Vetnamdagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, 2017−2018-yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (hozirgi “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports”) boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

Avvalroq, Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

U mazkur lavozimgacha 2018-yil iyunidan buyon “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borayotgandi.

Ўхшаш янгиликлар