• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

Ukrainadagi inqiroz insoniyatning beshdan bir qismidan ko‘prog‘ini, ya’ni 1,7 milliard kishini qashshoqlik va ocharchilikka mahkum etishi mumkin, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish yakshanba kuni chop etilgan Chexiyaning “Seznam Zprávy” internet nashri uchun sharhida.

Dunyo miqyosida Ukraina va Rossiya Federatsiyasi bug‘doy va arpaning 30 foizi, makkajo‘xorining beshdan bir qismi va kungaboqar yog‘ining yarmidan ko‘pi yetishtirdi.

Bu ikki davlatning donlari dunyodagi eng qashshoq va zaif odamlarni oziqlantiradi. Ammo urush dehqonlarning hosilni yig‘ib olishiga to‘sqinlik qilmoqda. Portlarning yopilishiga olib kelmoqda. Don eksportini to‘sib qo‘yib, yetkazib berish zanjirlarini buzmoqda.

Bu esa narxlarning keskin oshishiga sabab bo‘ladi. Bug‘doy va makkajo‘xori narxi 2022-yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. O‘tgan yil davomida Brent markali neft narxi 60 foizdan ko‘proq, gaz va o‘g‘itlar esa ikki baravar oshdi", deb esladi Guterrish.

Oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyatni to‘g‘irlash uchun BMT barcha davlatlarni ochiq bozorlarni saqlashga, zahiralarni to‘plashdan, asossiz va ortiqcha eksport cheklovlaridan qochishga hamda ocharchilik xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga zaxiralar berishga chaqiradi, dedi Guterrish.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, moliya sohasida G20 va xalqaro moliya institutlari, favqulodda holat rejimiga o‘tishlari kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari eng kambag‘al va zaif qatlamlarga hamda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga sarmoya kiritishlari uchun ular likvidlik va fiskal maydonni oshirish yo‘llarini topishlari kerak.

“Bu boylarni boyroq, kambag‘allarni esa qashshoqlashtirgan adolatsiz global moliyaviy tizimni chuqur isloh qilish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi kerak. Ijtimoiy himoya oilalarni inqiroz orqali qo‘llab-quvvatlash uchun muhim bo‘ladi”, — dedi BMT Bosh kotibi.

Ukrainadagi urush va eng qashshoq va zaif mamlakatlardagi vaziyatning ham uzoq muddatli yagona yechimi — bu tinchlik. “Biz dunyo hamjamiyatini o‘z ovozini birlashtirishga va tinchlikka chaqiruvimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz. Bu urush kechiktirmasdan, tugatilishi kerak”, — deya ta’kidladi.

Ўхшаш янгиликлар