• 10650.06
  • 12497.85
  • 146.08
weather Тошкент: +19.3°C
Detail image

Twitter-ning 2021-yilning ikkinchi choragi boʻyicha hisobot berdi. Maʼlum boʻlishicha, kompaniyaning daromadi 2020-yilning shu davriga nisbatan 74% ga yaʼni $1,19 mlrd ga yetgan.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, bu 2014-yildan beri eng tez oʻsish boʻlib, natijalar reklama beruvchilar tomonidan talabning sezilarli darajada oshishi bilan bogʻliq.

Hisobotga koʻra, reklama daromadlari 87% ga oʻsib, $1,05 mlrd ni tashkil etdi. Monetizatsiya qilingan kunlik foydalanuvchilar soni ham 3,5% ga oʻsib, 206 mln ga yetgan.

Kompaniyaning taxminicha, 2021 yilning uchinchi choragida daromad $1,2 mlrd dan $1,3 mlrd gacha oʻsishi mumkin.

Kompaniyaning rekord darajada mablagʻga ega boʻlishi ortidan savol tugʻilishi tabiiy. Oʻzbekistonda Twitter-ning cheklanishidan kim yutqazmoqda, bu kompaniyaning rejalariga zarar yetkaza oladimi?

Ўхшаш янгиликлар