• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

“Tumaris.Tech” Markaziy Osiyo inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinmoqda.

Ikki yarim hafta davom etadigan dasturda xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Dastur 12-dekabrdan onlayn tarzda, rus tilida olib boriladi hamda seanslar texnologik komponentli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan tadbirkor ayol-qizlar uchun mo‘ljallangan.

Unda quyidagi imkoniyatlar berilishi ta’kidlangan:

  • xalqaro ekspertlar bilan o‘quv va strategik sessiyalar;
  • o‘qitilgan mutaxassislar bilan trekerlik;
  • moliyaviy savodxonlik kurslari;
  • notiqlik va vaqtni boshqarish bo‘yicha seminarlar;
  • investorlar va yirik bozor ishtirokchilariga loyihalarni taqdim etish;
  • so‘rovlar bo‘yicha maslahatlar;
  • startap hamjamiyati o‘rtasida networking.

Shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro startap loyihalar ko‘rgazmasida qatnashish hamda istiqbolli loyihalar sarmoyaviy platformaga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dasturda ishtirok etish uchun joriy yilning 5-dekabriga qadar havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” “UniSat” dasturining ikkinchi oqimiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar bergandi.

Ўхшаш янгиликлар