• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +1°C
Detail image

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklovchi energiya manbalari orqali energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xonadonga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, uyni to‘liq energiya resurslari bilan ta’minlaydi.

Shuningdek, issiq suv ta’minoti uchun 200 litrli quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, mazkur uy o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotib, qo‘shimcha daromad olishi mumkin bo‘ladi.

Qonunchilikda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilgan aholiga xarajatlarning bir qismini qoplab berish belgilangan.

Xususan, sotib olingan va o‘rnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun BHMdan kelib chiqib 7 barobardan 50 barobargacha kompensatsiya beriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini marketpleys orqali sotib olish mumkin.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan kichik mobil quyosh fotoelektr stansiyasi hamda elektromobillarni quyosh energiyasida zaryadlovchi qurilma ishga tushirilgan.

Ўхшаш янгиликлар