• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Toshkentda Bangladeshdagi Amerika xalqaro universiteti (AIUB) bilan hamkorlikda IT akademiya ochildi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

“NextGen” Akademiyasi Python institute, JS institute, Cisco Academy (NetaCad) kabi ta’lim sohasidagi xalqaro venderlarning hamkori hisoblanadi.

Akademiya O‘zbekistonda IT’ni rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim va sertifikat olishni istagan talabalar va mutaxassislarga imkoniyat yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, akademiya xalqaro standartlar asosida IT-mutaxassislar tayyorlaydi.

Talabalarga zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beruvchi kurslar taklif etiladi.

“NextGen Academy” ta’lim sifatini saqlab qolish imkonini beruvchi LMS, ERP kabi ichki ishlanmalardan foydalanadi.

Ta’limning asosiy tili ingliz tili bo‘lib, sertifikatlash mazkur tilda ham olib boriladi.

Fevral oyida “IT Park” “Edusession” dasturini ishga tushirgandi. U karyera qurish hamda IT-hamjamiyatiga kirish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, tajriba almashish va yordam olishga qaratilgan “IT Community” ochildi.

Ўхшаш янгиликлар