• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Toshkent va Vengriya poytaxti Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirilgi vakili Adriyenn Geobel bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

Unda tomonlar O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama qildi.

Masalaning texnik va iqtisodiy jihatlarini batafsil muhokama qilib, yakuniy to‘xtamga kelish maqsadida ikki mamlakat vakolatli organlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazishga kelishilgan.

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish bo‘yicha yil boshda ham muhokamalar bo‘lib o‘tgandi. Unda har hafta poytaxtlar o‘rtasida to‘rttagacha reys amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlangandi.

2021-yilning sentabrida Vengriyadan O‘zbekistonning 3 ta shahriga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Vengriya tomoni Budapeshtdan Samarqand, Toshkent va Buxoro kabi shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan.

Ўхшаш янгиликлар