• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14.1°C
Detail image

2022-yil 8-iyul sanasidan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari “Toshkent-Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi xabar bermoqda.

Harakat jadvaliga koʻra:

  • “Toshkent- Qarshi” yoʻnalishida qatnovini amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan;
  • “Qarshi-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois, 2022-yil 8-iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham oʻzgartirish kiritiladi.

Unga koʻra:

  • “Toshkent-Samarqand” yoʻnalishida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan,
  • “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi soat 16:15 da Samarqand vokzalidan,
  • “Toshkent-Buxoro” yoʻnalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56 da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Yuqoridagi “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan, 2022-yil 10-iyul kunidan boshlab haftaning xar yakshanba kuni “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi toʻxtatiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Ўхшаш янгиликлар