• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +7°C
Detail image

Tadbirkorlik bilan bir qatorda ta’lim ham Hikmat Abdurahmonovning katta ishtiyoqi bo‘lib kelgan.

Hikmat Abdurahmonov Buyuk Britaniyaning Sent-Endryus universitetida xalqaro biznes bo‘yicha ikkinchi magistrlik darajasini oldi.

Bu unga ishbilarmonlik olami haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga va hamkorlar bilan birgalikda biznes turizmi, lizing, biznesni rivojlantirish va savdo kabi sohalarda muvaffaqiyatli kompaniyalarni ishga tushirishga yordam berdi.

Tadbirkor hamkorlari bilan birgalikda xususiy tadbirkorlik universiteti “TEAM"ni tashkil etdi.

“Maktabdan tashqari oʻqishni boshlagan ilk kitoblarim tarix bilan bogʻliq edi. Men 14 yoshda edim va otamning tavsiyasi va uning ta’siri ostida ularni o‘qiy boshladim. Bu Vasiliy Yandan „Chingizxon“, Raffaello Giovagnolidan „Spartak“, Yevgeniy Tarledan „Napoleon“ trilogiyasi edi. Yoshligimda menga ta’sir qilgan eng yorqin asarlar shu”, — deb eslaydi u.

Tadbirkor ham ko‘pchilik qatori Jek London, Teodor Drayzer va Deyl Karnegini o‘qigan va mualliflarning asarlarini yosh yigitlar uchun o‘ziga xos janoblar to‘plami deb biladi.

Hikmat Abdurahmonov o‘zining sevimli badiiy va biznes adabiyoti asarlari bilan o‘rtoqlashdi.


“Manba”, Ayn Rand

Randning “Atlas yelka qisdi” asarini hamma biladi, men uchun muallifning birinchi kitobi “Manba” edi va men uni 20 yoshimda AQShda olganman.

Unda muvofiqlik bilan kurashayotgan, o‘z uslubi va qarashlariga sodiq qolishga harakat qiladigan me’morning ijodiy yo‘li tasvirlangan.

Men uni izlanishda bo‘lgan, shaxsiy rivojlanish va jamiyatdagi stereotiplarga qarshilik mavzusiga qiziqqan har bir kishiga o‘qishni tavsiya qilaman.


“Bombardimonchi mafiya”, Malkolm Gladuell

Ko‘pchilik Malkolm Gladuellni “Daholar va begonalar” kitobidan biladi, lekin men uning “Bombardimonchi mafiya” nomli yangi kitobini tavsiya qilmoqchiman.

Kitob hozir, dunyoning notinch bir paytida dolzarbdir. Unda yangi texnologiyalarni joriy etish mas’uliyati, ongli qarorlar qabul qilish qanchalik muhimligi haqida hikoya qilinadi.

hikmat abdurahmonov, kitoblar tavsiyasi


“Olmos aravasi”, Boris Akunin

Hikmat Abdurahmonov Akuninni oldin o‘qiganini, ammo Yuriy Dud va Guriev bilan suhbatdan so‘ng jahon siyosati va tarixi haqidagi qarashlar hamda fikrlarga qiziqib qolganini ta’kidlaydi.

Men “Olmos aravasi"ni o‘qishga qaror qildim — bu tarixiy izlanish va detektiv hikoyaning ajoyib aralashmasi, — deydi tadbrikor.

Kitob ikki jilddan iborat. Birinchisi, “Ninachi tutuvchi” deb nomlanib, unda o‘quvchi ikkita personajni kuzatib boradi: yaxshi (temiryo‘l xodimi Fandorin) va yomon (yapon super josusi Ribnikov). Ular 1905 yilgi rus-yapon urushi va inqilobdan oldingi tartibsizliklar fonida bir-biridan yashirincha harakat qilishadi.

Ikkinchi kitob esa “Chiziqlar o‘rtasida” deb nomlanib, Fandorinning 1878-yilda Yaponiyadagi sarguzashtlari, uning samuraylar va ninziyalar bilan qurolsiz to‘qnashuvlari, kurtizankaga bo‘lgan muhabbati va “Qotillar va o‘grilar — Budda tomonidan tanlangan omadlilar” mavzusidagi ma’ruzalarni tinglashi haqida hikoya qiladi.


“BE 2.0”, Jim Kollinz

Muallif afsonaviy ishbilarmonlar, menejerlar o‘zlarini qayta kashf etishga to‘gri kelganda ularning yangilanishlari haqida hikoya qiladi.

Kollinz buni amalga oshirish uchun yuzlab kompaniyalar va shaxslarni o‘rganib chiqdi hamda kitobda o‘z topilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

Oqish jarayonida men ushbu kitobda o‘zim uchun juda ko‘p foydali narsalarni ko‘rdim. 41 yoshimda men ham nima ustida ishlashni, bundan keyin qanday rivojlanishni o‘ylayman.

Masalan, men 3-kurslar uchun xalqaro biznes strategiyalari va tadbirkorlik tafakkuri fanlaridan dars beraman. Bizning biznesdagi yo‘nalishlarimiz ham o‘zgarib, ko‘proq savdodan xizmatga o‘tmoqda.

hikmat abdurahmonov, kitoblar tavsiyasi


“Universitet egalari uchun qo‘llanma”, Genri Rozovskiy

Hech kimga sir emaski, oxirgi uch yil davomida men universitetlar mavzusiga qiziqib qoldim. Bu kitob menga tavsiya etilgan va men uni o‘qishga muvaffaq bo‘lganimdan juda xursandman.

Muallif u bilan muloqotda bo‘lgan talabadan tortib, rektorgacha bo‘lgan har bir kishini universitet egasi deb biladi.

Uni Garvard universiteti dekani Genri Rozovskiy yozgan. Dunyodagi eng yaxshi universitetlardan birining hayoti va faoliyatiga oid juda qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Baxtli tasodif tufayli, ushbu kitobni o‘qish chog‘ida men ushbu universitet hayotini bevosita ko‘rish, Garvard ta’lim maktabi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldim.

Men “TEAM universiteti uchun yorqin taassurotlar va tajribalarni qabul qilishga harakat qildim. Uni ta’lim mavzusiga qiziquvchilar uchun foydali deb hisoblayman.

Ўхшаш янгиликлар