• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +7°C
Detail image

“TBC Bank Group” “Payme"ning qolgan 49% ulushini $55,7 mlnga sotib oldi, deya xabar berdi Gruziya kompaniyasi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, kompaniya mablag‘larni 10 bank kuni ichida to‘lashi belgilangan.

2019-yilda “TBC Bank” “Payme” aksiyalari nazorat paketining 51%ini sotib olgandi. O‘shanda bitim summasi $5,5 mlnni tashkil qilgan. Shundan beri “Payme” sezilarli darajada o‘sdi, deyiladi hisobotda.

2022-yilning dekabrida umumiy yillik daromad va foyda $17,5 mln va $11,4 mlnga yetdi (2018-yildagi $1,6 mln va $0,8 mlnga nisbatan). Oylik faol mijozlar soni 2023-yilning mart oyi oxirida 2019-yilning aprelidagi 1,3 mln foydalanuvchiga nisbatan 3,1 mlnni tashkil etdi.

$55,7 mlnga aksiyalarni sotib olish kompaniyaning $113,6 mlnga baholanganligini anglatadi. Qolgan ulushga ega bo‘lgach, “TBC PLC” “Payme” kompaniyasining yagona egasiga aylandi.

Bitim 2019-yil aprel oyida Payme’dagi 51%lik Gruziya kompaniyasi tomonidan dastlabki sotib olish chog‘ida tomonlar tuzgan kelishuv doirasida amalga oshirilgan.

Kompaniyaning qayd etishicha, xarid O‘zbekistonda yetakchi fintech ekotizimini yaratish uchun mo‘ljallangan kengaytirish strategiyasiga mos keladi.

“Ushbu [sotib olish] bizga to‘lov instituti va raqamli bankimiz — „TBC Bank“ o‘rtasida katta foydalanuvchilar bazasi va turli xil mahsulotlardan foydalangan holda o‘zaro hamkorlik salohiyatidan foydalanish imkonini beradi”, — dedi “TBC Bank” rahbari Vaxtang Butsxrikidze.

Bank rahbari ikki yo‘nalishidagi birgalikdagi ishlar O‘zbekistonda o‘rta muddatli maqsadlarga, xususan, o’z kapitalining rentabelligi kamida 30%, oylik faol foydalanuvchilar soni 5 mln va guruh sof foydasining 10−15% ulushiga erishishga ishonmoqda.

Joriy yil mart oyi boshida “TBC Bank Group” joriy yilda “Payme"ning qolgan ulushini sotib olishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

Ўхшаш янгиликлар