• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

Toshkent shahrida “Tashkent City Mall” savdo markazining texnik ochilishi o‘tkazildi. Bu haqda savdo-ko‘ngilochar majmuasi matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.

Savdo markazi poytaxtning Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uyda joylashgan. Unda taqdim etilgan brendlar qatorida Ispaniyaning “Inditex” kompaniyasi bor: “Zara”, “Zara Home”, “Massimo Dutti”, “Oysho”, “Bershka”, “Stradivarius” va “Pull&Bear”.

Bundan tashqari, majmuada “Galmart”, “Spotmaster”, “Nike” va “12 STORЕEZ” savdo, “Subway” hamda “HuQQabaz” ovqatlanish nuqtalari ochilishi kutilmoqda.

Jami 245 ming kvadrat metr binolarning ijara maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Markaz o‘z ichiga “IMAX” kinoteatri, “Sky Park” ko‘ngilochar va ma’rifiy bog‘i, VR zona, Bolalar ilmiy majmuasi, planetariy hamda “Intertainment” zonalari kabilarni qamrab olgan.

“Hyper Partners” tomonidan amalga oshirilgan “Tashkent City Mall” savdo markazi qurilishi dastlab avgust oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgandi. Dekabrga kelib, markaz ochilishi 2024-yilning birinchi choragiga ko‘chirildi.

Joriy yilning may oyida prezident qarori bilan “Tashkent City Mall” savdo maydonchasi ijara to‘lovlarini xorijiy valyutada amalga oshirish huquqini oldi. Poytaxtning qolgan savdo-ko‘ngilochar markazlari sarmoya hajmi va ijara maydoni bo‘yicha shartlarga javob bermaydi.

Ўхшаш янгиликлар