• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Prezident suv tanqisligining oqibatlarini yumshatish boʻyicha bir hafta muddatda alohida dastur qabul qilinishini ma’lum qildi.

Suv xoʻjaligi vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 1-oktabrga qadar:

  • 4,5 ming kilometr sugʻorish tarmoqlarini tozalash va 231 kilometrini betonlash;
  • 3 mingta gidrotexnik inshootni ta’mirlash;
  • 3,5 mingta nasos oʻrnatish, 490 kilometr nasos quvurlarini ta’mirlash va 281 ta quduq qazishni ta’minlash topshirildi.

Ushbu maqsadlar uchun 300 milliard soʻm mablagʻ bosqichma-bosqich ajratiladi.

“Oʻtgan yili dekabr oyida 2022-yil uchun tijorat banklariga 2 trillion soʻm imtiyozli kredit resurslari berilgan edi.

Biroq, bugungi kunga qadar tijorat banklariga kiritilgan 790 milliard soʻmlik talabnomadan atigi 53 foizi, ayrim hududlarda esa 25−30 foizi moliyalashtirilgan xolos", dedi Prezident.

Shuning uchun mahsulot yetishtirishni moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha yangi tizim joriy etiladi.

Bunda mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasidan yillik 10 foiz stavkada Bogʻdorchilik agentligiga bir yilga beriladi.

Ўхшаш янгиликлар