• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Yagona portal hamda “Litsenziya” portali orqali sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya olish mumkin.

Bunda Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan mazkur xizmat ko‘rsatilishi belgilangan hamda undan yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori BHMning 5 baravari ya’ni 1,5 mln so‘mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, litsenziya berilganligi uchun to‘lanadigan davlat boji miqdori BHMning 10 baravari — 3 mln so‘m qilib belgilangan.

Litsenziya olish uchun jo‘natilgan arizalar 20 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Qabul qilingan murojaatlarga ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin.


Avvalroq “Spot” turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya hamda avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma qanday olinishi haqida ma’lumot bergandi.

Ўхшаш янгиликлар