• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

6-iyun kuni Denis Kalishkindan startaperlar uchun 3 haftalik bepul kurs boshlanadi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Kursning maqsadi — investitsiyalarni jalb qilish uchun startap loyihalarni tayyorlashdan iborat.

Kurs natijalariga ko‘ra bitiruvchilar 10 nafar xorijiy venchur investorlarga startaplar taqdimotini oʻtkazishlari mumkin bo‘ladi.

Dastur doirasida kurs ishtirokchilari quyidagilarni o‘rganadilar:

  • kelishuvning asosiy shartlari, kapitalizatsiya jadvali;
  • investor startaplarni qanday tahlil qiladi va investitsiya toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi;
  • investitsiyalarni jalb qilish uchun hujjatlar toʻplamini qanday tayyorlash kerak (data room);
  • investor uchun taqdimotni qanday tayyorlash va loyihangizni investorlarga qanday taqdim etish.

Dastur rus tilida oʻtkazilib, 3 hafta davom etadi. Unda ishtirok etish uchun arizalar 5-iyungacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Plug and Play xotin-qizlar uchun FoundHer dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun joriy yilning 10-iyunigacha havola orqali ariza jo‘natish kerak.

Ўхшаш янгиликлар