• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +28°C
Detail image

Singapurning “Startup SG” agentligi “SLINGSHOT 2023 Deep Tech” startap pitching tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovda Osiyo mamlakatlari startaplari 1,2 mln Singapur dollari ($888,8 ming) mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib boradi.

Jamoalar o‘zlarining innovatsion loyihalarini MVP bosqichida quyidagi beshta yo‘nalishdan birida taqdim etishlari mumkin:

  • transformatsiya qiluvchi raqamli texnologiyalar (AI, blokcheyn, big data, kengaytirilgan va virtual haqiqat);
  • sog‘liqni saqlash va biomeditsina (raqamli tibbiyot, biotexnologiya);
  • ishlab chiqarish, savdo va internet aloqasi (robototexnika, transport, logistika);
  • atrof-muhit, energiya va “yashil” texnologiyalar (chiqindilarni boshqarish, suv resurslari, qayta tiklanadigan energiya, AgriTech);
  • iste’molchi ommaviy axborot vositalari, tovarlar va xizmatlar (reklama, fintech, EdTech, FoodTech, mahsulotni shaxsiylashtirish).

Eng yaxshi 50 ta jamoa oktabr oyida Singapurga homiylik bilan sayohat qiladi. U yerda tanlov finalida ishtirok etish hamda o‘z loyihalarini Singapur innovatsiyalar va texnologiyalar haftaligida (SWITCH) taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Eng yaxshi deb topilgan 10 ta finalchi “Startup SG"dan 50 mingdan 200 ming Singapur dollarigacha ($37 ming — $148 ming) moliyaviy grantlarni qo‘lga kiritadi.

Bundan tashqari, eng yaxshi 3 ta startap “LaunchPad” platformasida bir yarim yilgacha bepul ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Undan ishtirok etish uchun arizalarni joriy yilning 17-iyuligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Plug and Play” xotin-qizlar uchun “FoundHer” dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар