• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +8°C
Detail image

Singapur hukumatining PhD darajasi uchun “Singapore International Graduate Award” (SINGA) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda barcha mamlakatdan nomzodlar biotibbiyot, hisoblash va axborot, muhandislik va texnologiya hamda fizika fanlari bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin.

SINGA asosan Singapurda birinchi marta tahsil olayotgan xalqaro talabalar uchun mo‘ljallangan.

Unda singapurliklar, mamlakatning doimiy rezidentlari va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xalqaro talabalari qatnasha olmaydi.

Loyiha nomzodlar tanlagan Singapur tadqiqot institutlari laboratoriyasida ingliz tilida olib boriladi.

Muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga fan nomzodi ilmiy darajasi beriladi.

Qabul qilingan talabalar ta’lim to‘lovidan ozod etiladi hamda $1500−1800 miqdorida oylik stipendiya beriladi.

Bundan tashqari, qariyb $1200 miqdorida parvoz xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar pasport, rasm, bakalavr va magistr darajasi diplomi, 2 ta tavsiya xati, universitetga qarab GRE natijalari hamda til bilish sertifikatlarini topshirishi kerak.

Arizalarni 1-iyungacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi birinchi stipendiya tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар