• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22°C
Detail image

Ruminiyaning Transilvaniya universiteti (Transilvania University) “Transilvania Academica” stipendiyasiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda Yevropa ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududidan tashqari butun dunyodan nomzodlar bakalavr, magistratura hamda PhD uchun ishtirok etishlari mumkin.

Talabalarning kelasi o‘quv yili uchun stipendiya olishlari ularning joriy o‘quv yilidagi natijalariga bog‘liq.

Grant quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘qish to‘lovlari (shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tish va bitiruv to‘lovlari);
  • bepul yotoqxona;
  • $175 miqdorida oylik stipendiya.

Biroq, mamlakatga borish va vizasi bilan bog‘liq xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni PDF formatida jo‘natishlari kerak:

  • nomzod yutuqlarini ta’kidlaydigan o‘quv rejasi;
  • motivatsiya xati;
  • 3ta tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi shart. Tugallanmagan fayllar rad etiladi. Taqdim etish muddati tugagandan so‘ng faylga hech qanday hujjat qo‘shib bo‘lmaydi.

Tanlov jarayoni tugagandan so‘ng, faqat muvaffaqiyatli nomzodlar elektron pochta orqali xabardor qilinadi.

Arizalarni joriy yilning 26-apreligacha havola orqali jo‘natish mumkin. Bunda ariza bo‘limida tavsiflanganidek onlayn shaklni to‘ldirishlari kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Ruminiyaning Transilvaniya universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар