• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Rossiyaliklar orasida yangi ish uchun mamlakatni tark etishga tayyor bo‘lgan talabgorlar ulushi 58%gacha o‘sdi. Bu haqda “RBC"nashri “hh.ru” va “Yakov and Partners” konsalting kompaniyasi tadqiqoti natijalariga asoslanib xabar bermoqda.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, talabgorlarning atigi 6%i bunday imkoniyatlarni faol ravishda izlamoqda.

Chet elga ko‘chib tishga eng ko‘p qiziqish bildirgan mutaxassislar orasida tilshunoslik va jurnalistlar (har biri 37%), muhandislik va dizayn mutaxassisliklari bo‘lgan ishchilar, huquq va gumanitar fanlar sohasidagi mutaxassislar (har biri 33%) tashkil etdi.

Ko‘chib o‘tish imkoniyati bilan eng kam qiziqqanlar shifokorlar (15%), adabiyot va ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar (har biri 17%), xizmatlar (20%) va ta’lim (22%).

Kanada ish izlovchilar ko‘chib o‘tishlari uchun eng mashhur mamlakatdir. Ish izlovchilar uchun keyingi o‘rinlarda AQSh, Kipr, Turkiya va Germaniya turadi.

Karyera qurish uchun eng maqbul yo‘nalishlar o‘nligiga postsovet mamlakatlaridan O‘zbekiston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston va Ozarbayjon kirdi.

Respondentlarning qariyb 40%i ish haqini oshirish maqsadida mamlakatning boshqa mintaqasiga ko‘chib o‘tishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni har ikkinchi respondent ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan Moskva egalladi, ikkinchi o‘rinda Sankt-Peterburg, uchinchi o‘rinni Janubiy federal okrug egalladi.

Fevral oyida “Romir” sotsiologik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ko‘chib ketish istagini bildirgan ruslarning ulushi 15% darajasida bo‘lgan.


Avvalroq “Spot” rossiyaliklar koʻproq O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziyadan ish izlagani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар