• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +11°C
Detail image

Rossiya Dumasiga 2023-yildan boshlab eng kam ish haqini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kelib tushdi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

Qonun loyihasini ko‘rib chiqish sanasi hali belgilanmagan.

Bu “rossiyaliklarni sanksiyalar va inflyatsiyaning o‘sishi davrida qashshoqlikdan olib chiqish” va unga maqbul turmush darajasini ta’minlash uchun amalga oshirilishi kerak" deyilgan tushuntirish xatida.

2022-yil 1-iyundan boshlab Rossiyada eng kam ish haqi 15 279 rublni tashkil qiladi.

Qonun loyihasi mualliflari uni ikki baravarga, ya’ni 30 000 rublgacha oshirishni taklif qilmoqdalar.


“Spot” avvalroq Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazining Rossiya iqtisodiyoti rivojining uchta ssenariysini ko‘rsatib o‘tgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар