• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

Markaziy bank boshqaruvi qaroriga asosan 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasi chaqirib olindi, deya xabar bermoqda regulyator matbuot xizmati.

Bular qatorida “Instant Payment Solutions”, “Source to Pay” hamda “TAPP PAYMENT” tashkilotlari mavjud. Ularning litsenziyalari turli sabablarga ko‘ra bekor qilindi.

Xususan, “Instant Payment Solutions” tashkilotining litsenziyasi jamiyat arizasi bilan chaqirib olingan. “Source to Pay” esa o‘z faoliyatini olti oydan ortiq davrga to‘xtatib turganligi uchun litsensiyasi bekor qilindi.

Shuningdek, “TAPP PAYMENT” faoliyatini litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmaganligi sabab to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan.

Regulyatorning qayd etishicha, mazkur uchta kompaniya ham to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilgan.

2022-yilning dekabr oyida Markaziy bank 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib olgandi.

Aprel oyida regulyator “UZINFOCOM"ga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

Ўхшаш янгиликлар