• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +7°C
Detail image

Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tomonidan “4BR4U CAPITAL”MCHJ, “DEPOZITARIY SAMARQAND VAQT” MCHJ, “QORAQALPOG‘ISTON VAQTMCHJ, “RIEMANN FINANCEMCHJ vа “DEPO-INVEST-TRAST” MCHJlarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi arizalari oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Litsyenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonunning 14-moddasiga asosan litsenziyalarning amal qilishini bekor qilish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organning vakolatlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur qonunning 33-moddasiga asosan, litsyenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda vakolatli organning tegishli qaroriga binoan litsenziya bekor qilinishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, yuqorida ko’rsatib o’tilgan kompaniyalarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar bekor qilinganligini ma’lum qilinadi.

Ўхшаш янгиликлар