• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27°C
Detail image

Bugun Respublika Markaziy bankida oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani yillik 17 foizgacha oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Bunga sabab asosiy savdo-hamkor davlatlarda kuzatilayotgan iqtisodiy vaziyat, ularning valyuta kurslaridagi keskin tebranishlar, jahon xomashyo va energiya bozorlarida narxlarning oʻsishi makroiqtisodiy jihatdan noaniqliklar, xatarlar hamda o’sishi kutilayotgan devalvatsion kutilmalarning mavjudligidir.


Markaziy bank tashqi xatarlarni minimallashtirish boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirmoqda:

  • Bank tizimini zaruriy likvidlik bilan ta’minlash maqsadida tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan qisqa muddatli likvidlik cheklovlarsiz (REPO va SVOP operatsiyalari orqali) taqdim etib boriladi.
  • Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladigan qisqa muddatli obligatsiyalar oylik oʻrtacha qoldigʻi boʻyicha limitlar 20 trln. soʻmgacha oshirildi.

Tijorat banklariga joriy yilning 1-iyuliga qadar:

  • chakana operatsiyalar boʻyicha valyuta kurslarini belgilashda valyuta birjasida koll auksion natijasida shakllangan valyuta kursidan foydalanish imkoniyati berildi;
  • tijorat banklari tomonidan auksionlarda xarid qilinadigan Markaziy bank obligatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari darajasi asosiy stavkaning yuqori chegarasigacha kengaytirildi;
  • ikki haftalik depozit auksionlari boʻyicha limitlar bekor qilindi.

Shu bilan birgalikda, Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy rivojlanish prognozi tashqi iqtisodiy vaziyatni inobatga olib qayta koʻrib chiqilmoqda. Bunda, inflyatsion va devalvatsion kutilmalarning pasayishi, ichki makroiqtisodiy sharoitlarga tashqi bosimlarning pasayishi bilan asosiy stavka darajasi bosqichma-bosqich pasaytirib boriladi.

Ўхшаш янгиликлар