• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va undan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovida dastlabki g‘olibi e’lon qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Xususan, BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quyosh elektr stansiyasidan ishlab chiqariladigan 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun 3.0 AQSh senti hamda akkumulator tizimining 1 MVt·soat mavjudligi uchun $6,3 taklif qilingan.

Saudiya Arabistonining “ACWA POWER” kompaniyasi tomonidan quyosh elektr stansiyasidan ishlab chiqariladigan 1 kVt·soat elektr energiyasi uchun 3.0518 AQSh senti hamda akkumulator tizimining 1 MVt·soat mavjudligi uchun $24,4 taklif qilindi.

“Masdar” kompaniyasi tenderning dastlabki g‘olibi, “ACWA POWER” kompaniyasi esa tenderning zaxira g‘olibi deb e’lon qilindi.

Tanlov hujjatlari yaqin kunlarda Tender komissiyasi tomonidan OTB maslahatchilari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi, deyiladi xabarda.

Moliyaviy takliflarning talab etilgan mezonlarga muvofiqligi baholagandan so‘ng, loyihani amalga oshiradigan investorning nomi e’lon qilindi.

Mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida amalga oshirilib, G‘uzor tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi va 1 soat davomida 75 MVt quvvat beradigan energiya saqlash tizimi (akkumulator)ni o‘z ichiga oladi.

Tenderda g‘olib bo‘lgan investor quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi va boshqaradi.

Ўхшаш янгиликлар