• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektorda davlat rahbari valyuta bozorini barqarorlashtirish borasida koʻrilayotgan choralarni qayd etdi.

Jumladan, valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi, birjada rubl va yuan boʻyicha savdolar boshlandi.

“Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik boʻlmasligi kerak. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli”, dedi prezident.

Markaziy bankka puxta oʻylangan, ogʻir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.

Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valyuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.

Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda.

Masalan, soʻnggi bir oyda jahon bozorlarida bugʻdoy narxi 36 foizga, shakar xomashyosi 10 foizga, oʻsimlik yogʻi narxi 2 barobarga oshgan.

“Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yoʻnalishlarda oʻz vaqtida tezkor choralarni koʻrishni boshlaganimiz oʻz natijasini bera boshladi”, deydi prezident.

Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bugʻdoy, un, shakar, oʻsimlik yogʻi kabi mahsulotlarni savdoga qoʻyishni boshladi. Bunga, temir yoʻlda tashishga ichki tariflar qoʻllanmoqda.

Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda:

  • xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xomashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;
  • temir yoʻl tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.

Ўхшаш янгиликлар