• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

So‘nggi uch yil ichida onlayn xaridlar zamonaviy inson hayotiga jadallik bilan kirib keldi va ilgari oflayn xaridlarga to‘sqinlik qilgan tashqi sharoitlarni bartaraf etib o‘z o‘rnini mustahkam egalladi. Uning ishlash tartibi sodda va qulay bo‘lib, vaqtni tejashga imkon beradi. Shuning uchun isteʼmolchilar tarmoq orqali qilinadigan xaridlarni ko‘proq afzal ko‘rmoqdalar.

Ushbu jarayonning boshqa tomoni shundaki, biznes mijozlar tanloviga moslashish yo‘llarini izlay boshladi. Bunda onlayn rejimda to‘lovlarni qabul qilishni yo‘lga qo‘yish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Tadbirkorlar bu jarayonni ishga tushirish uchun kompleks yondashuv zarurligini yaxshi tushunishadi. Aynan shu masalada Plum Technologies fintex kompaniyasi yordam berishi mumkin. Kompaniya dasturiy taʼminot, ilovalar, biznes jarayonlar va modellarini yaratish va amalga oshirish orqali elektron tijorat sohasidagi korxonalar hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimiga ega do‘konlarga keng qamrovli yechimlarni taklif etadi.

Plum Technologies’dan onlayn ekvayring

reklama

Plum Technologies tadbirkorning web-sayti yoki tizimidan chiqmasdan xizmatlar va tovarlar uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradigan tayyor kompleks API taklif etadi. API bir nechta funksional afzalliklarga ega.

Kartani biriktirish. Ushbu usul isteʼmolchining kartasini sotuvchining veb-saytidagi hisob raqamiga biriktirishga yordam beradi. Bitta foydalanuvchi bir nechta kartalarni qo‘shishi mumkin.

Mablag‘larni akseptsiz yechish. Xaridorning biriktirilgan kartalaridan hamda uning JShShIRiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan kartalardan mablag‘larni avtomatik ravishda yechish imkoniyati (xarid bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshirilgan bo‘lsa).

Mablag‘larni “muzlatib qo‘yish” orqali yechish. Bunda mablag‘larni tezkorlik bilan yechish talab etilmay, tovar va xizmatlarni taqdim etish imkonini tekshirish va tasdiqlashgacha bo‘lgan davrda tranzaksiyani maʼqullanishini kutish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi (masalan, buyurtirilgan tovarlarni omborda mavjudligi va sotish imkoniyati borligi tasdiqlangunicha).

Karta (UZCARD/Humo) bo‘yicha Sсoring. Ushbu usul bank kartalarini aniqlash, 12 ta parametr bo‘yicha maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishga oid tahliliy xizmatlarni taqdim etadi.

reklama

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning kartalarini to‘ldirish. Ushbu funksiya asosan yo‘lovchilarni yetkazib berish yoki tashish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga haydovchilar kartalarining bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni olmasdan, haydovchilar kartalarini onlayn ravishda to‘ldirishga imkon beradi. Bunda faqatgina o‘z o‘zini band qilgan shaxslarning nomiga ochilgan kartalarni to‘ldirish mumkin.

UZCARD korporativ kartalari orqali to‘lov. Usul UZCARD korporativ kartalaridan tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, UZCARD kartalari bo‘yicha avval amalga oshirilgan operatsiyalardan tushgan mablag‘larni qisman qaytarish tizimini ham yo‘lga qo‘yish mumkin.

Foydalanuvchilarning barcha shaxsiy va karta maʼlumotlari ishonchli himoyalangan. Buni Plum Technologies ega bo‘lgan PSI DSS xalqaro xavfsizlik sertifikati tasdiqlaydi.

Plum Technologies yechimlari onlayn savdo sohasidagi tadbirkorlar uchun ham, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga mo‘ljallangan oflayn biznes uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Kompaniya kompleks yechimlar va hamkorlikning qulay shartlarini taklif etadi.

Raqamlar: (+998) 99−858−48−81, (+998) 99−855−99−52.

Telegram: t.me/X_Plumtech, t.me/Bahrom14

Reklama huquqi asosida.

Ўхшаш янгиликлар