• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +7.2°C
Detail image

“Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi:

  1. Urganch davlat pedagogika instituti;
  2. Namangan davlat pedagogika instituti;
  3. Guliston davlat pedagogika instituti;
  4. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
  5. Andijon davlat pedagogika instituti;
  6. Buxoro davlat pedagogika instituti;
  7. Termiz davlat pedagogika instituti;
  8. Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
  9. Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
  10. Jizzax davlat pedagogika universiteti.

2022/2023-oʻquv yilidan esa:

  • maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlimda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qoʻllanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pullik asosda taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
  • pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan 2−4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida) olib boriladi.

Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5% professor-oʻqituvchilarini xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari koʻriladi.

Ўхшаш янгиликлар