• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Oʻzbekiston kompaniyalari Rossiyadan AI-80 rusumidagi avtobenzini importi bo‘yicha shartnomalar tuzdi, deb xabar bermoqda “Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, xorijdan yoqilg‘i yetkazib berish iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisining arzon narxlardagi sifatli avtobenzinga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

Kelishuvga ko‘ra, Rossiyadan benzinni “Gazprom”, “Tatneft”, “Orsknefteorgsintez kompaniyalari yetkazib beradi. Ulardan “O‘zbekneftgaz” 50 ming tonna, boshqa korxonalar esa yana 5 ming tonna yoqilg‘i sotib oladi.

Temir yo‘l orqali yetkazib berish narxini hisobga olgan holda, import qilingan bezinning dastlabki birja narxi bir tonna uchun 7 mln so‘mni tashkil etadi. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida bir litr yoqilg‘i 6000−6200 so‘mga tushadi.

Rossiya va Qozog‘istondagi aksariyat neftni qayta ishlash zavodlari avvalroq ekologik sabablarga ko‘ra AI-80 ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Endilikda ushbu markadagi benzin faqat buyurtma asosida ishlab chiqariladi va AI-80 K2 va K5 standartlariga javob beradi.

2022-yil 13-dekabrdan boshlab AI-80 benzinini import qilish, ishlab chiqarish va sotish uchun aksiz stavkalari 2023-yilning 1-martigacha nolga tenglashtirildi.

Unga ko‘ra, 13-dekabrdan boshlab “O‘zbeknefgaz"ga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i litri 5700 so‘mdan sotilishi belgilandi.

Ўхшаш янгиликлар