• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +10°C
Detail image

Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston banklaridagi mablag‘lari hajmi $892 mln.ni tashkil etadi, dedi Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov Senatdagi chiqishi chog‘ida. Bunga iqtisodchi Otabek Bakirov e’tibor qaratdi.

Yig‘ilishda senatorlar o‘tgan yili xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi 9%ga oshganiga e’tibor qaratdilar. Regulyator rahbari buni xorij fuqarolari ochgan hisob raqamlari oshgani bilan izohladi.

“Oʻtgan yili dunyodagi geosiyosiy vaziyat tufayli norezident bank hisob raqamlari soni 60 mingdan oshdi, norezidentlar bizning banklarimizga qariyb $892 mln depozit qoʻygan. Norezidentlar tomonidan omonatlarni joylashtirishning keskin o‘sishi — qariyb 9,5 barobar, o‘z navbatida, talab qilib olinmagan xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi oshishiga olib keldi”, — dedi Nurmuratov.

Umuman olganda, 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, banklar tomonidan $216,7 trln so‘m (taxminan $19 mlrd) depozitlar jalb qilingan bo‘lib, shundan 92,5 trln so‘mi (taxminan $8 mlrd) talab qilib olindi.

2022-yil oktabr oyi oxirida Mamarizo Nurmuratovning ma’lum qilishicha, 9 oy ichida 67 mingga yaqin Rossiya fuqarosi O‘zbekistonda bank hisob raqamlarini ochgan. Mahalliy banklarning mijozlariga aylangan rossiyaliklarning qariyb yarmi mamlakatda doimiy yashaydi.

O‘tgan yil aprel oyidan boshlab Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga sayohatga qiziqishi, jumladan, xalqaro to‘lov tizimlarining Rossiyada ishlamay qolishi fonida “karta turizmi” tufayli sezilarli darajada oshdi.

Bahorda karta ochishning soddaligi (o‘sha paytda) va sayyohlik salohiyati tufayli O‘zbekiston eng mashhur yo‘nalishga aylandi

Biroq kuzning boshidan mahalliy banklar norezidentlar tomonidan hisobvaraq ochish shartlarini kuchaytira boshladi.

Masalan, 12-sentabrdan boshlab norezidentlar bankka murojaat qilish kunidan oldin rasmiy ravishda ishlayotgan, mahalliy oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan yoki doimiy ravishda respublika hududida 15 kalendar kundan ortiq bo‘lgan taqdirdagina “Kapitalbank"da hisob raqamlarini ochishi mumkin.


Avvalroq “Spot” Rossiyada xorijliklar uchun bank hisobraqamlarini ochishni soddalashtirish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар