• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14.1°C
Detail image

“Apex Bank"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi, deya xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Regulyator boshqaruvi Toshkentda “Apex Bank” aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Bu bilan, mazkur bank Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi 33-bank boʻladi.

Shuningdek, regulyatorning ma’lum qilishicha, “Hayot Bank"ga ham bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan. Bu bank esa mamlakatdagi 34-bank sifatida faoliyat olib boradi.

Markaziy bank boshqaruvi mazkur aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

2022-yilning dekabr oyida Markaziy bank “Smart Bank"ga ham litsenziya bergandi.

Ўхшаш янгиликлар