• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +10°C
Detail image

Rossiyaning Ukrainada boshlangan maxsus operatsiyasidan keyin ko’plab mutaxassislar, ayniqsa IT sohasi vakillari O’zbekistonga oqib kela boshladi.

Oxirgi bir yarim oy ichida mamlakatga 5000 dan ziyod relokantlar kelib joylashdi. Bu esa darhol ijara narxlariga ta’sir ko’rsatdi. Mahalliy rieltorlarning ma’lumotlariga ko’ra, fevral oxiri va mart oyining o’rtalariga kelib potyaxtda turar-joy uchun narxlar 15% ga oshgan.

Eng arzon tumanlar — Sergeli, Olmazor va Yunusobodni oladigan bo’lsak,bu yerda bir xonali uylar uchun ijara o’rtacha oyiga 3 mln so’m edi. Hozirda 3, 390 mln so’mni tashkil etadi. Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida esa farqlar ancha yuqori 5,65 mlndan 11,3 mln so’mgacha.

2022-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha uy-joy ijarasi o‘rtacha 0,9 foizga oshdi. Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar koʻpdir. Toshkentdan tashqari, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida ham ijara narxlari oshdi.

Mahalliy rieltorlarning so‘zlariga ko‘ra, ijara bozorida hozircha taklif yetishmovchiligi yo‘q. Ammo agar ruslar oqimi davom etsa, unda narxlar albatta ko’tariladi va yetkazib berish hajmi sezilarli darajada kamayishi kuzatilishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар