• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

2022-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln 892 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan. Ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 21,1%ga oshgan.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkentda kuzatilib, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida 6 mln 314 ming so‘mni tashkil etgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Navoiy (5 125,3 ming so‘m), Toshkent (3 946,9 ming so‘m), Andijon (3 381,8 ming so‘m) hamda Buxoro viloyatlari (3 310,0 ming so‘m) turibdi.

Hududlar kesimida o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi

T/rHududlarO‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi
2021-yilga nisbatan o‘sishi
1Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3 246 200 so‘m
+17,3%
2Andijon viloyati
3 381 800 so‘m
+22,6%
3Buxoro viloyati
3 310 000 so‘m
+15,5%
4Jizzax viloyati
2 946 400 so‘m
+19,2%
5Qashqadaryo viloyati
2 952 600 so‘m
+19,9%
6Navoiy viloyati
5 125 300 so‘m
+11,9%
7Namangan viloyati
2 924 300 so‘m
+20,6%
8Samarqand viloyati
2 944 200 so‘m
+21,7%
9Surxondaryo viloyati
2 946 100 so‘m
+22,0%
10Sirdaryo viloyati
3 221 600 so‘m
+19,9%
11Toshkent viloyati
3 946 900 so‘m
+14,5%
12Farg‘ona viloyati
2 900 500 so‘m
+18,8%
13Xorazm viloyati
3 182 400 so‘m
+23,1%
14Toshkent shahri
6 314 400 so‘m
+28,2%

Shuningdek, sohalar bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan oy ish haqi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik tarmog‘iga to‘g‘ri keladi — 10 mln 817 ming so‘m.

Undan keyingi axborot va aloqa bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln 556 ming so‘mni tashkil etgan. Xususan, kompyuter va dasturlashtirish, maslahat berish hamda boshqa xizmatlar uchun ish haqi 13 mln 954 ming so‘mga yetgan.

2022-yilning dastlabki 6 oyida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etgandi, oktabr oyiga kelib ko‘rsatkich 3,7 mln so‘mga yetdi.

“HeadHunter” tahliliga ko‘ra, 2022-yilda eng yuqori ish haqi IT-mutaxassislarga taklif etilib, o‘rtacha ko‘rsatkich 11,7 mln so‘mni tashkil etdi. Undan keyingi o‘rinlarda 11,6 mln so‘m top-menejerler hamda 11,1 mln so‘m bilan konsultantlar joylashdi.

Ўхшаш янгиликлар