• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

O‘zbekistonda ilk marta elektromobillar ynalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatadi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu xizmatni Buxoroga 30 ta elektromobil olib kelgan “White House Bukhara” korxonasi ko‘rsatadi.

Eko-taksilar to‘la quvvat bilan 500 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi. Yaqin orada tashuvchi parkiga yana 20 ta elektromobil kelib qo‘shiladi.

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvarga qadar litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan.

2023-yildan 2026-yilgacha elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari joylashgan yerlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari esa yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.

Asosiy faoliyat turi transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar foyda solig‘idan, mazkur xizmatni ko‘rsatishdan olinadigan daromad esa aylanmadan olinadigan soliqdan ozod etiladi.

Davlat rahbarining “Elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 2030-yilgacha mamlakatda ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan ozod etilishi belgilangan.

Shu bilan birga, xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni hamda servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi.


Avvalroq “Spot” yil boshidan Oʻzbekistonga 1,6 mingdan ortiq elektromobil import qilingani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар