• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +23.1°C
Detail image

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 504,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Natijada mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32% ga oshgan.

Joriy yilning aprel oyida yirik korxonalar tomonidan 119,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Biroq ko‘rsatkich mart oyida ishlab chiqarilgan (121,4 ming tonna) avtomobil benzini ko‘rsatkichidan sezilarli past.

Avvalroq O‘zbekistonda neft mahsulotlarining barqarorlashtirish zaxirasi yaratilishi haqida xabar berilgandi.

Bunda har bir hudud o‘z imkoniyatidan foydalanib, 1 mln tonna benzin va dizel yoqilgʻisi zaxirasini shakllantirishi rejalashtirilgan.

Yanvar oyi oxirida “O‘zbekneftgaz” Rossiyadan AI-80 benzinini olib kirish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib beruvchilar “Gazpromneft”, “Tatneft”, bir qator xususiy tuzilmalar edi.

Qish mavsumida O‘zbekiston ichki bozorida eng ko‘p talab qilinadigan ushbu turdagi yoqilg‘ining 100 ming tonnaga yaqini Rossiyadan xarid qilindi.

Ўхшаш янгиликлар