• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Oʻzbekistonda 1-apreldan axborot texnologiyalari sohasida qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etiladi. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar bermoqda.

IT-Visa

IT-Visa IT sohasi mutaxassislari va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari uchun joriy etilmoqda.

Viza 3 yil muddatga amal qiladi. Ushbu muddat davomida Oʻzbekiston chegaralari doirasida harakatlanish mumkin. Shuningdek, viza egalari soddalashtirilgan tartibdagi yashash uchun ruxsatnomaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ijtimoiy huquqlarga (tibbiyot va taʼlim) ega boʻladilar.

IT-visaga ega boʻlish uchun IT Park tomonidan taqdim etiladigan tavsiyanoma zarur.

Batafsil maʼlumot.

Dividendlar

Endilikda IT-Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari dividendlari uchun soliq stavkasi 5% etib belgilandi, ushbu stavka avvalroq 10 foizni tashkil etgan edi.

Chet el valyutasida toʻlovlar

IT Park rezidentlariga ish/xizmatlar eksporti tushumlari doirasida dividendlar va ish haqini xorijiy taʼsischilari/mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada toʻlashlariga ruxsat etiladi.

Xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi

Endilikda IT Park rezidentlariga chet ellik mutaxassislar uchun ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Ishga joylashish uchun PINFL kifoya.

Virtual ofis

IT Park rezidentlari uchun ofis maydoniga ega boʻlish talabi bekor qilindi. Endilikda IT Park rezidentlari IT Park direksiyasi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Xizmatning minimal narxi oyiga 300 ming soʻmni tashkil qiladi. Xizmatlarga yuridik manzil (pochta manzili) ijarasi, aloqa markazi, yozishmalarni qayta ishlash va boshqalar kiradi.

Virtual ofis uchun shartnoma kompaniyani ofisning yoʻqligi sababli soliq xavfi yuqori subyekt toifasiga kiritish uchun asos boʻla olmaydi.

Relokatsiya dasturi doirasida IT Park tomonidan kompaniyalarga quyidagi masalalarda koʻmak beriladi:

  • Yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish;
  • Bank hisob raqamini ochish;
  • Soliq organlarida roʻyxatdan oʻtish;
  • Mutaxassislarni izlash;
  • Ofis izlash va ijarasi.

IT-mutaxassislariga quyidagi masalalarda ham yordam koʻrsatiladi:

  • IT Park rezident kompaniyalarida ishga joylashish;
  • Tibbiy sugʻurtani roʻyxatdan oʻtkazish;
  • Uy-joy izlash;
  • Bank hisob raqamini ochish;
  • Hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Bolalarni maktab va maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish.

Shuningdek, IT-mutaxassislari va ularning oila aʼzolari uchun Toshkent shahriga koʻnikish oson kechishida koʻmaklashish maqsadida axborot-qoʻllanma ishlab chiqildi. Unda barcha kerakli maʼlumotlarni topish mumkin.

Mavzuga doir: Oʻzbekistonda 1-apreldan nimalar oʻzgaradi

Ўхшаш янгиликлар