• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +28°C
Detail image

Xitoy bojxona bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, aprel oyida Oʻzbekiston Xitoyga $40,47 mln.lik tabiiy gaz yetkazib bergan.

Yil boshidan buyon Xitoy Oʻzbekistondan yoqilgʻi importini birinchi marta aprelda qayd etdi. Yanvar-mart oylarida tabiiy gaz yetkazib berilmagan.

Qozog‘iston ham aprel oyida mamlakatga gaz yetkazib berish hajmini oshirdi. Oylik daromad birinchi chorakdagi $119,5 mln.ga nisbatan $29,9 mln.ni tashkil etdi.

Turkmaniston Xitoy bozoriga gaz quvuri eksporti bo‘yicha yetakchiga aylandi, yil boshidan buyon buning uchun $3,42 mlrd olgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda sezilarli ulush bilan Rossiya — $1,76 mlrd.

2022-yilda O‘zbekiston Xitoyga $1,07 mlrd.lik gaz yetkazib bergan, bu Qozog‘istondan bir oz kamroq.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 11 oy davomida Oʻzbekiston Xitoyga $910,9 mln.lik gaz yetkazib bergan.

Biroq bu ma’lumotlar, Xitoy bojxona maʼlumotlaridan deyarli $120 mln.ga farq qilgan. Energetika vaziri buni Xitoyning turkman gazi tranziti uchun toʻlovini hisobga olgani bilan izohladi.

Dekabr oyida “O‘ztransgaz” rahbari tabiiy gaz eksporti to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. Chiqarilgan hajmlar qish mavsumida ichki iste’molchilarga ynaltirildi.


Avvalroq “Spot” prezident gaz va neft sotish bo‘yicha shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun maxsus onlayn ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha topshiriq bergani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар