• 11269.82
  • 12205.22
  • 159.78
weather Тошкент: +3°C
Detail image

“O‘zbekneftgaz” rahbariyati O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan “Petronas Charigali (Turkmaniston) Sdn Bxd” kompaniyasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar avval erishilgan kelishuvlar va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, uchrashuvda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining “Petronas Charigali (Turkmaniston) Sdn Bxd” kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari bilan o‘zaro munosabatlari istiqbollari muhokama qilindi.

Zavodga neft xom-ashyosi importi borasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar 2023-yilda Turkmanistondan O‘zbekistonga neft yetkazib berish dasturini birgalikda tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

“Petronas Charigali (Turkmaniston) Sdn Bxd” kompaniyasi Kaspiy dengizining Turkman shelfida neft va gaz qazib olish operatorlaridan biri hisoblanadi. Malayziyaning to‘liq integratsiyalashgan neft-gaz transmilliy kompaniyasi Petronasning sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

2022-yil 14-dekabr kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan tabiiy gazi importi 1,5 mlrd kub metrga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur kelishuv 12-dekabr kuni Ashxobodda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan imzolangan.

Biroq, oradan ko‘p o‘tmay Turkmaniston sovuq havo tufayli O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Qozog‘istondan 300 ming tonna neft va neft mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар