• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

O‘zbekiston Rossiya bilan yangi ko‘p qavatli uylar uchun liftlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “Vestnik Kavkaza” nashri.

Qayd etilishicha, liftlarni Moskva shahrida joylashgan “Shcherbinskiy” zavodi yetkazib beradi.

“Rossiyadagi yirik liftsozlik zavodlaridan biri birinchi marta oʻzbekistonlik qurilish kompaniyalari bilan uch yil davomida jihozlar yetkazib berish boʻyicha uchta shartnoma imzoladi. Shartnomalarning umumiy qiymati 200 mln rublga baholanmoqda”, — dedi Moskva merining rinbosari Vladimir Efimov.

Shcherbinskiy zavodining liftlari aqlli displeylar bilan jihozlangan. Qurilmalar idishni devoridagi oynaga o’rnatilgan.

Ushbu liftlarni maxsus texnologiya — “SmartAirKey” tufayli smartfon yordamida boshqarish mumkin.

Shuningdek, mazkur liftlarda “SmartAirClean” funksiyasi yordamida kabinadagi havo dezinfeksiya qilinadi.

“Shcherbinskiy” liftlari hozirda Rossiyaning barcha hududlariga yetkazib beriladi, O‘zbekiston bilan tuzilgan shartnoma esa kompaniyaga xalqaro bozorga chiqish imkonini beradi.

Kompaniya haqida

“Shcherbinskiy” lift zavodi — 1943-yildan beri faoliyat yurituvchi Rossiya lift sanoatining flagmani hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Divan.ru” mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар