• 10650.06
  • 12497.85
  • 146.08
weather Тошкент: +19.3°C
Detail image

Moliya vazirligi navbatdagi AQSh dollari va oʻzbek soʻmida denominatsiya qilingan suveren xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasida joylashtirilishini eʼlon qildi.

Milliy valyutadagi xalqaro obligatsiyalardan kelib tushgan mablagʻlar Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi uchun BRM obligatsiyalari dasturi doirasida ishlatilishi rejalashtirilgan.

“Suveren xalqaro obligatsiyalar joylashtirilishini samarali tashkil etish maqsadida xalqaro investitsion banklar va yuridik firmalarga oʻz takliflari boʻyicha soʻrovnomalar yuborildi va raqobatli tanlov asosida bank-anderrayterlar — „Citi“ (AQSh), „J.P.Morgan Chase“ (AQSh), „Gazprombank“ (Rossiya) va „MUFG“ (Yaponiya), yuridik konsultant — „Dentons“ (Buyuk Britaniya) tanlab olindi”, — deya yozadi vazirlik axborot xizmati.

Manbaga koʻra, Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga chiqarish boʻyicha barcha zaruriy choralar, jumladan, emissiya prospekti va boshqa yuridik hujjatlar tayyorlangan.

“Roud-shou” (Roadshow) tadbiri doirasida xalqaro investorlar uchun telekonferensiya (Global Investor Call) oʻtkazish rejalashtirilgan va unda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Shveytsariya kabi mamlakatlardan xalqaro investorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Avvalroq Spot, UzAuto Motors o’zining ilk xalqaro obligatsiyalarini chiqarishi haqida yozgan edi.

Ўхшаш янгиликлар