• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

“Реалная инвестиция” MCHJ asoschisi oʻzini treyder-bloger deb tanishtirgan shaxs qoʻlga olindi.

1995-yilda tugʻilgan, asli samarqandlik “tadbirkor” ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarning ishonchiga kirib, $15 000 dan $200 000 gacha boʻlgan miqdorda pul mablagʻlarini oladi va har oyda kamida 10% dan foyda berishni va’da qiladi.

Muqaddam sudlangan mazkur shaxs noqonuniy yoʻl bilan topilgan daromadlarini bir nechta koʻchmas mulklar va qimmatbaho avtomashinalar xarid qilish orqali legallashtirgan.

Hozirda barcha aloqador ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va qamoqqa olingan.

Ўхшаш янгиликлар