• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lganlarning va tarkibida nogironligi bo‘lgan oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqib, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, BHMning 100 baravarigacha (30 mln so‘mgacha) miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Bunda xarajatlar mazkur miqdordan yuqori bo‘lgan taqdirda BHMning 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:

  • oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;
  • yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan bo‘lishi;
  • “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari"ning birida turgan bo‘lishi.

Imtiyozli toifadagilar auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab 3 oy ichida o‘z hududidagi tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga murojaat qilishi lozim.

Mazkur muddatdan kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaslifi qayd etilgan.

Mablag‘ ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan so‘ng 5 ish kunida imtiyozli toifadagilarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazib beriladi.

2022-yilning oktabr oyida Toshkent va Nukusda tajriba tariqasida nogironligi bo‘lganlarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi markaz tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi.

Shuningdek, Nogironligi bo‘lganlarni ishga qabul qilgan kompaniyalar Yagona portal orqali subsidiya olishlari mumkin.

Ўхшаш янгиликлар