• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Ilon Mask “Neuralink” kompaniyasi “Telepatiya” implanti bilan tajribaning ikkinchi ishtirokchisi uchun arizalarni qabul qilayotganini ma’lum qildi.

“Neuralink ikkinchi ishtirokchi uchun arizalarni qabul qilmoqda. Bu bizning kibernetik miya implanti “Telepatiya"bo‘lib, u telefon va kompyuterni faqat o‘ylash orqali boshqarishga imkon beradi”, deb yozgan Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida kompaniyaning klinik sinovda ishtirok etish taklifini qayta joylashtirgan holda.

Fevral oyida “Neuralink"ning birinchi bemori sichqonchani fikrlash orqali boshqarishni o‘rgangani haqida xabar berilgandi.

Ilon Mask bemor to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi va unda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Keyinchalik “Neuralink” chipi o‘rnatilgan bemorda birinchi muammolar paydo bo‘lgani haqida xabar berildi.

Qayd etilishicha, bemor miyasi implantni rad eta boshlagan va elektrodlar bilan aloqani yo‘qotmoqda.

Kompaniya bemordagi chip elektrodlari nega miyadan ajralib qolayotgani haqida ma’lumotlarni ochiqlamadi

2023-yil sentabrida “Neuralink” mustaqil ekspertlar kengashidan sinov uchun ruxsat oldi va ko‘ngillilarni qidirishni boshladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, to‘liq tadqiqot taxminan olti yil davom etadi. Jarrohlikdan so‘ng “Neuralink” mutaxassislari bemorni jarayonni va chipning ishlashini ta’minlash uchun kuzatadilar. Besh yil davomida 20 ta tekshirish rejalashtirilgan.


Avvalroq “Spot” “Neuralink” ko‘zi ojizlar uchun qurilmani taqdim qilgani haqida yozgandi.

Ilon Maskning ma’lum qilishicha, qurilma nomi Blindsight deb nomlanib, maymunlarda ishlamoqda.

Ўхшаш янгиликлар