• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +9°C
Detail image

Joriy yilning 27-iyun kunidan boshlab Moskva birjasining valyuta bozorida oʻzbek soʻmi, arman drami va Janubiy Afrika randi boʻyicha savdolar boshlanadi.

“Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari — jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.

Treyderlar va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:

  • Janubiy Afrika randi — Rossiya rubli (ZAR/RUB);
  • AQSh dollari — Janubiy Afrika randi (USD / ZAR);
  • Arman drami — Rossiya rubli (AMD/RUB);
  • AQSh dollari — Arman drami (USD/AMD);
  • Oʻzbek soʻmi — Rossiya rubli (UZS/RUB).

BAA dirhami — Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSh dollari — BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklari boʻyicha savdolarning boshlanishi esa keyinroq eʼlon qilinishi aytilgan.

Ўхшаш янгиликлар