• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +28°C
Detail image

“Meta” kompaniyasi mashhurlar ishtirokidagi yangi ijtimoiy tarmoqni sinovdan o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.

Yangi ijtimoiy tarmoqdagi postlar 500 ta belgi bilan cheklangan (“Twitterda” bu — 280ta , “Blue” obunasi bilan — 10 ming).

analog, meta, twitter

Qayd etilishicha, yangi ijtimoiy tarmoq Instagram bilan sinxronlanadi, ya’ni eski ijtimoiy tarmoqdagi profil orqali tizimga kirish va undan bloklangan foydalanuvchilar ro‘yxatini o‘tkazish mumkin.

Kaliforniya universitetining ijtimoiy marketing professori Lea Xabermanning aytishicha, “Meta"dan yangi ijtimoiy tarmoqni 2023-yil iyun oyi oxirida chiqarishi mumkin.

Birinchi marta kompaniya tomonidan yangi markazlashtirilmagan ijtimoiy tarmoqni ishlab chiqish mart oyida ma’lum bo‘ldi.

Loyiha Instagram bosh direktori Adam Mosseri tomonidan nazorat qilinadi va uning ishchi nomi — P92 deb nomlangan.


Avvalroq “Spot” “Meta” yana 10 ming nafar xodimni ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi. Ishdan bo‘shatish uch bosqichda amalga oshirilib, may oyi oxirida to‘liq yakunlanadi.

Ўхшаш янгиликлар