• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

“Meta” ochiq manbali sun’iy intellektga asoslangan musiqa generatori “AudioCraft” neyron tarmog‘ini chiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy blogida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “AudioCraft” nafaqat matnli so‘rov asosida musiqa yaratishi, balki mavjud musiqa bilan ham ishlashi mumkin.

“AudioCraft” uchta sun’iy intellket modelidan iborat:

  • MusicGen;
  • AudioGen;
  • EnCodec.

Birinchisi “Meta” kompaniyasiga tegishli litsenziyalangan musiqada 20 ming soat mashq qildi. Model matnli foydalanuvchi ma’lumotlaridan audio ishlab chiqaradi.

AudioGen hammaga ochiq ovoz effektlari bo‘yicha o‘qitiladi va matn so‘rovlarida ovoz chiqaradi. EnCodec yuqori sifatli ovozni qayta ishlash uchun javobgardir.

Kompaniya jurnalistlarga neyron tarmoq yordamida yaratilgan bir nechta ovoz namunalarini tinglash imkonini berdi, deb yozadi “The Verge” nashri.

“Biz MusicGen yangi turdagi asbobga aylanishi mumkinligiga ishonamiz — xuddi sintezatorlar birinchi marta paydo bo‘lganidagi kabi”, deb yozdi kompaniya blog postida.

Kompaniya, shuningdek, sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish uchun ishlatiladigan ma’lumotlar to‘plamlari yetarlicha xilma-xil emasligini tan oldi.

1-avgust kuni “Meta” sun’iy intellektga asoslangan chat-botlarni ishga tushirishi ma’lum bo‘ldi. Ular Avraam Linkoln kabi turli belgilar va tarixiy shaxslarga taqlid qilishadi.

Chatbotlar korporativ ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning faolligini oshirishi mumkin. Ishga tushirish vaqti 2023-yil sentabriga rejalashtirilgan.


Avvalroq “Spot” “Meta” “Twitter"ga oʻxshash “Threads” ilovasini ishga tushirgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар