• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Meta” “Messenger” uchun har biri o‘ziga xos xususiyat va ixtisoslikka ega bo‘lgan yangi sun’iy intellekt chat-botlarini e’lon qildi. Bu haqda “gagadget” nashri xabar bermoqda.

“Meta"ning asosiy chat-boti foydalanuvchi savollariga javob beradi. U “Llama 2” modeliga asoslangan.

Shuningdek, tematik botlar masalan, sayohat yoki ovqat pishirish haqida bo‘ladi.

Ularni yaratishda Snoop Dogg va Kendall Jenner kabi mashhurlar ishtirok etishdi.

Avvalroq “Meta” sun’iy intellektga asoslangan AudioCraft musiqa generatorini taqdim qilgandi.

Qayd etilishicha, mazkur musiqa generatori foydalanuvchining matn so‘rovi asosida audio yaratishi, mavjud musiqa bilan ham ishlashi mumkin.

Shuningdek, “Meta” yuzdan ortiq tillardan tarjima qilish uchun neyron tarmoqni taqdim etgandi.

“SeamlessM4T” neyron tarmog‘i nutqni va uning transkripsiyasini uzluksiz sinxron tarjima qilishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “Meta” jonli efir qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etgandi.

Mazkur ko‘zoynakda “Facebook” va “Instagram"da jonli translatsiyani amalga oshirish funksiyasi ham mavjud.

Ўхшаш янгиликлар